O‘zbekistonga 7 oy davomida 12 mingdan oshiq Fransiya fuqarolari tashrif buyurgan

O‘zbekistonga 7 oy davomida 12 mingdan oshiq Fransiya fuqarolari tashrif buyurgan

2024 yil yanvar iyul oylarida 12,2 ming nafar Fransiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 31,2 % ga oshgan.

2024 yil yanvar iyul oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Fransiya fuqarolari quyidagicha maqsadlarda safar qilgan:

dam olish maqsadida– 10 780 nafar;

xizmat yuzasidan – 662 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash uchun– 640 nafar;

tijorat maqsadida– 43 nafar;

o‘qish maqsadida – 28 nafar, deb xabar beradi Statistika agentligi matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!