Xitoy olimlar uchun 12 ta yadroviy tadqiqot ob’ektiga kirish imkoniyatini beradi

Xitoy olimlar uchun 12 ta yadroviy tadqiqot ob’ektiga kirish imkoniyatini beradi

Xitoy global hamkorlikni mustahkamlash uchun barcha mamlakatlar olimlari va tashkilotlariga o‘zining 12 ta yadroviy tadqiqot ob’ekti va sinov maydonchalariga kirish imkoniyatini beradi. Bu haqda dushanba kuni Venada Xitoyning Atom energiyasi bo‘yicha milliy agentligi /NAAE/ rahbari o‘rinbosari Lyu Szin ma’lum qildi, deya xabar beradi Xinhua.

Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro agentlik (MAGATE) Bosh konferensiyasining yillik sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Lyu Szin yuqorida tilga olingan ob’ektlar qatoriga Xitoyning ilg‘or tadqiqot reaktori, yangi avlod tokamaki «Xuanlyu-3» va «Beyshan» yer osti tadqiqot laboratoriyasi kiradi.

Bu ob’ektlar faoliyati fundamental yadroviy tadqiqotlar, izotop ishlab chiqarish, yadro muhitini modellashtirish, asbob-uskunalarni sinovdan o‘tkazish, radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash va utilizasiya qilish kabi sohalarni qamrab oladi.

“Ochiq hamkorlik, umumiy rivojlanish” mavzusidagi uchrashuv yadro texnologiyalarini tadqiq qilish va rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida NAAE tomonidan tashkil etildi va Xitoyning MAGATEga qo‘shilishining 40 yilligiga to‘g‘ri keldi.

Xitoy Milliy yadro korporasiyasi /CNNC/ boshqaruvi raisi Yuy Szyanfen tadbirda CNNC MAGATE bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanini aytdi. U Xitoyning yadroviy tadqiqot ob’ektlariga yo‘l ochish butun dunyoda yadro texnologiyasini rivojlantirishga xizmat qilishiga umid bildirdi.

MAGATE Bosh direktorining o‘rinbosari Mixail Chudakov XXRning atom energetikasini rivojlantirish borasidagi muhim yutuqlarini yuqori baholab, MAGATE va NAAE o‘rtasidagi uzoq yillik va samarali munosabatlarni qayd etdi.

M. Chudakov Xitoyning o‘z yadroviy tadqiqot ob’ektlariga yanada ko‘proq kirish imkoniyatini ochish haqidagi qarorini olqishlar ekan, bu harakat MAGATEning a’zo mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha texnik salohiyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!