Ruminiya o‘z hududida Ukraina dengiz piyodalarini tayyorlash uchun dengiz o‘quv markazini yaratishi mumkin — Euractiv

Ruminiya o‘z hududida Ukraina dengiz piyodalarini tayyorlash uchun dengiz o‘quv markazini yaratishi mumkin — Euractiv

Ma’lum qilinishicha, Ruminiya prezidenti Yoxannis parlamentga yo‘llagan maktubida davom etayotgan urush sharoitida Ukraina Qurolli kuchlari tayyorgarligini kuchaytirish va diversifikasiya qilish zarurligini qayd etgan. Biroq, uni yaratish qarori mamlakat parlamenti tomonidan tasdiqlanishi kerak

Ruminiya rasmiylari bu taklif Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi — 57 davlatdan iborat ittifoq va Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi YEI sa’y-harakatlarining bir qismi ekanini aytishmoqda.

Markazni tashkil etish xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, Buyuk Britaniya loyihani boshlang‘ich mablag‘ bilan ta’minlaydi. Markaz ikki yil davomida faoliyat yuritishi kutilmoqda, uni uzaytirish imkoniyati mavjud. Ruminiya zarurat tug‘ilganda loyihadan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!