2025 yil 1 yanvarida sud tizimida yangi institut – tergov sudyalari faoliyat boshlaydi
AOKAda Sudyalar oliy kengashi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida sudyalar korpusini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlik va milliy tajribalar haqida ma’lumot berildi:
⏺2024 yilning 18 sentyabr holatiga ko‘ra, tizimda 1490 nafar sudya faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 209 nafarini (yoki 14 foizi) ayol sudyalar tashkil etdi. Ayollarning 24 nafari rahbar lavozimlarga tayinlangan.
⏺Sudyalarning 1309 nafari yoki 87,8 foizi 50 yoshgacha, 39 nafari 2,6 foizi 60 yoshdan oshganlar tashkil etadi.
⏺Faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalarning 511 nafari (yoki 34,4 foizi) sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, 923 nafari (yoki 61,9 foizi) o‘n yillik muddatga, 54 nafari (yoki 3,6 foizi) muddatsiz davriga tayinlangan.
⏺Tizimda 25 nafar yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega sudyalar faoliyat ko‘rsatadi, 55 nafar sudya davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
⏺Shuningdek, joriy yilda namunali faoliyati, tashabbuskorligi va yuqori reyting ko‘rsatgichlariga ega 15 nafar sudya Sudyalar oliy kengashi qarori bilan “Ibratli sudya” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tizimda uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan 32 nafar faxriylar “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
⏺2024 yilning o‘tgan davrida 32 nafar sudyaning vakolat muddati ilgari tugatilgan. Ularning 13 nafari sudyalik qasamyodini, 6 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani, 13 nafari o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi.