Jozep Borrel Livandagi elektron qurilmalarning portlashi orqali amalga oshirilgan ommaviy hujumlarni qoraladi

Jozep Borrel Livandagi elektron qurilmalarning portlashi orqali amalga oshirilgan ommaviy hujumlarni qoraladi

Evropa diplomatiyasi rahbari bu hujumlar ortida kim turganidan qat’i nazar, voqealarni mustaqil tergov qilishga chaqirdi.

"Talofatlar va ko‘p sonli tinch aholining jarohatlanishiga olib kelgan bu hujumlarning uyushtirilishini qabul qilish mumkin emas. Bunday harakatlar Livanda terroristik harakatlarning kuchayishiga olib keladi", — deya ta’kidladi Borrel.

17 sentyabr kuni Livanda “Hizbulloh” harakati a’zolariga tegishli minglab peyjerlar portladi. Ertasi kuni “Hizbulloh” a’zolarining rasiyalari portlagani xabar qilindi. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala hujum natijasida kamida 32 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan, 3450 dan ortiq kishi jarohatlangan. Reuters manbasining ta’kidlashicha, Isroil razvedkasi peyjerlarga "ishlab chiqarish vaqtida" portlovchi moddalar o‘rnatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!