Moldovada dang virusi infeksiyasi qayd etilgan
Moldovada yaqinda Hindistonga borgan Kishinyovda yashovchi odamda dang bezgagi kasalligi qayd etilgan.
Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy agentligi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu holat 2024 yilda birinchi bo‘lib, ayol tegishli davolanishni olmoqda. Ilgari ushbu virus bilan kasallanish Moldova fuqarolari orasida 2022, 2020 va 2019 yillarda qayd etilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)