“Umra” tadbirlari reklamasidan ogoh bo‘ling!

“Umra” tadbirlari reklamasidan ogoh bo‘ling!

Raqobat qo‘mitasi vakolati doirasida “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid turizm xizmatlarini reklama qilinishining (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, guruh va kanallarda joylashtirilgan axborotlarning) qonuniyligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazmoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 2 iyulida “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishga doir faoliyat lisenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi.

O‘z navbatida, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatishga ruxsat berilgan (lisenziyaga ega) turoperatorlar ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib, bunday lisenziyaga ega bo‘lmagan sub’ektlar tomonidan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish taqiqlangan.

Tahlillarga ko‘ra, internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq reklama axborotlari faollashganligi, tegishli lisenziya va ruxsatnomalar bo‘lmagan holatda ushbu xizmatlar reklama qilinayotganligi kuzatilmoqda.

“Reklama to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish (reklamaning aylanishi) sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi va iste’molchilarni noto‘g‘ri va ishonchsiz reklamadan himoya qiluvchi muhim me’yoriy hujjatdir.

✈️ Qonunning 16-moddasiga muvofiq ...tegishli sertifikatlari va lisenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlangan.

Raqobat qo‘mitasi ziyoratchilarimizni "Umra" amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun ogoh bo‘lishlari va keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatlarga tushib qolmasliklari maqsadida ishonchli va kafolatlangan xizmatlardan hamda tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar xizmatlaridan foydalanishlarini tavsiya etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!