Yulduz Usmonova Rossiyada mukofotlandi

Yulduz Usmonova Rossiyada mukofotlandi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Rossiyada “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda "TASS" xabar berdi.

17-19 sentyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Ufa shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijodiy va ilmiy ziyolilarining XVI forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Yulduz Usmonova bilan birga ozarbayjonlik rassom Sakit Mamedov, qozog‘istonlik aktyor Tungishbay Djamanqulov ham “Madaniyat va san’atga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” nominasiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, ushbu mukofot 2009 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, har yili MDH mamlakatlari vakillariga alohida davlat va umuman hamdo‘stlikni rivojlanishiga hissa qo‘shgan gumanitar sohadagi muhim yutuqlari uchun beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!