"Dinamo" Kojo masalasi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

"Dinamo" Kojo masalasi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

«Dinamo» PFK matbuot xizmati jamoa hujumchisi Joel Kojo bo‘yicha Eron, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning bir qator nashrlari, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildiradi.

«Dinamo» PFK shuni ma’lum qiladiki, darhaqiqat Erondagi transfer oynasining so‘nggi kunida jamoamiz hujumchisi Joel Kojo bo‘yicha Eronning «Istiqlol» klubidan rasmiy taklif tushdi. Ammo O‘zbekiston Superligasida transfer oynasining allaqachon yopilgani, hozirda Joel Kojoning o‘rnini to‘ldirishning imkoni yo‘qligi sababli «Dinamo» PFK fors klubining taklifini rad etdi.

Klub futbolchining ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan fikrlarini ichki tartibda ko‘rib chiqadi va tegishli chora ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!