«Qohbus»: Livanlik oftalmologlar hayratda

«Qohbus»: Livanlik oftalmologlar hayratda

Livanda aloqa vositalarining portlashi natijasida qurbonlar soni 20 kishiga yetdi, bir necha yuz kishi jarohat oldi. Livanlik oftalmologlar bu holatni «qohbus» deb atashadi.

Livandagi jarrohlar Isroil hujumi paytida peyjerlari va maishiy texnikalari portlagan 3000 ga yaqin odam orasida ko‘rgan dahshatli jarohatlarning uzun ro‘yxatini oshkor qildi.

Bayrutdagi Maunt Livan universiteti kasalxonasining oftalmologi professor Elias Varrak chorak asr davomida hech qachon bunchalik ko‘p ko‘zni olib tashlashga majbur bo‘lmaganini aytdi va bu tajribani «dahshatli tush» deb atadi.

«Bemorlarning ko‘pchiligi 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar edi, ba’zi hollarda ikkala ko‘zni ham olib tashlashga majbur bo‘ldim», dedi shifokor.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk Livandagi peyjer portlashlarida ikki bola halok bo‘lganini tasdiqladi: biri 8 yoshli qiz va 11 yoshli o‘g‘il.

Rasmiy Tel-Aviv hozircha voqeaga izoh bermadi, biroq Hizbulloh aybni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isroilga yukladi va qasos olishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!