Gruziya parlamenti LGBT tashviqotini taqiqlovchi qonunni qabul qildi

Gruziya parlamenti LGBT tashviqotini taqiqlovchi qonunni qabul qildi

Gruziya parlamenti “Oilaviy qadriyatlar va voyaga yetmaganlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni uchinchi yakuniy o‘qishda ma’qulladi, deb yozadi NewsGeorgia.

Qonun loyihasini 84 deputat qo‘llab-quvvatladi, muxolifat esa ovoz berishda qatnashmadi. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi qonunni ko‘rib chiqish uchun taqdim etdi. Muxolifat parlament ishini boykot qildi va ovoz berishda qatnashmadi.

Taklif etilayotgan tuzatishlar bir jinsli nikohlar, bir jinslilarni farzandlikka olish va transgenderlikga o‘tishni taqiqlaydi. Shifokorlarga transgenderga o‘tishni osonlashtiradigan operasiyalar va boshqa manipulyasiyalarni bajarish taqiqlanadi. Bunday tartiblarni amalga oshirish jinoiy javobgarlikka, shu jumladan ozodlikdan mahrum qilishga olib keladi. Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarida bir jinsdagi munosabatlarni “tanishtirish”ga qaratilgan axborotni reklama qilish va tarqatish taqiqlanadi. Shuningdek, “targ‘ibot”ga qaratilgan ommaviy yig‘ilishlar (yig‘ilish yoki namoyishlar) o‘tkazish ham taqiqlanadi.

“LGBT tashviqotini” taqiqlovchi qonun Yevropa Ittifoqi tomonidan tanqid qilindi. Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Gruziya hukumatini LGBT tashviqotini taqiqlovchi qonunni bekor qilishga chaqirib, bu mamlakatni Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan yanada uzoqlashtirishini ta’kidladi.

“Men Gruziyani mamlakatning YEIga yo‘lini yanada izdan chiqaradigan qonunchilikni qaytarib olishga chaqiraman”, — deb yozdi Borrel ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!