Isroil Hizbullohga qarshi hujumni yillar davomida peyjer va elektronikaga mina qo‘yib tayyorlagan

Isroil Hizbullohga qarshi hujumni yillar davomida peyjer va elektronikaga mina qo‘yib tayyorlagan

New York Times xabariga ko‘ra, Isroil bir necha yil davomida Vengriyadagi firmani moliyalashtirib, uni Hizbullohga mina qo‘yilgan peyjerlar yetkazib berish maqsadida ishlatgan. Hizbulloh rahbari Hasan Nasrulloh yangi texnologiyalar orqali Isroil hujumiga duchor bo‘lishdan qo‘rqib, tashkilot a’zolariga mobil telefonlarning o‘rniga peyjerlardan foydalanishni buyurgan. Hizbulloh mobil telefonlar orqali shpionaj bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda buni xavfsizlik chorasi deb ko‘rgan.

Isroil esa shu qo‘rquvdan foydalanib, venger kompaniyasi B.A.C. Consulting orqali peyjerlar ishlab chiqarish uchun ko‘plab soxta kompaniyalar tashkil qilgan. Bu peyjerlar oddiy mijozlar uchun ham ishlab chiqarilgan bo‘lsa-da, ularning asosiy maqsadi Hizbulloh uchun mina qo‘yilgan maxsus turdagi peyjerlarni tayyorlash edi. Bu peyjerlar maxsus PETN portlovchi moddasi bilan to‘ldirilgan batareyalarga ega edi.

2022 yil yozida Livanga peyjerlar kam miqdorda yetkazib berilgan, lekin tez orada Nasrullohning mobil telefonlar xavfsiz emas degan bayonotidan so‘ng peyjerlar yetkazib berish hajmi keskin oshgan. Hizbulloh rahbariyati bu peyjerlarni Isroil xakerlaridan himoya deb hisoblagan.

2024 yil yozida peyjerlarni Livanga yetkazib berish keskin ko‘paygan. Isroil esa ushbu peyjerlarni “knopka” deb atab, ularni zarur paytda portlatish rejasini tuzgan.

17 sentyabr kuni Isroil peyjerlarni faollashtirish buyrug‘ini bergan. Peyjerlarga arab tilidagi xabar yuborilgan va bu Hizbullohning yuqori rahbariyatidan kelgandek ko‘rsatilgan. Xabarni olgandan so‘ng peyjerlar signal bergan va keyin portlash bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!