Moldova Bosh shtabining sobiq rahbari Igor Gorgan davlatga xiyonatda ayblandi

Moldova Bosh shtabining sobiq rahbari Igor Gorgan davlatga xiyonatda ayblandi

Avvalroq The Insider nashri Gorganni Rossiya harbiy razvedkasiga (GRU) ma’lumotlar yetkazib berganligi haqida yozgan edi.

"Prokurorlar tomonidan ilgari e’lon qilingan ishda ishtirok etgan shaxsga ayblanuvchi maqomi berildi", —deya ma’lum qildi Moldova prokuraturasining uyushgan jinoyatchilik va alohida ishlarga qarshi kurash boshqarmasi matbuot kotibi Emil Gaytur.

TV8 telekanali va The Insider nashri Gayturning sharhida tilga olingan shaxs Gorgan haqida ekanligini bildirishgan.

Igor Gorgan 2021 yilda Moldova Mudofaa vazirligidagi lavozimidan bo‘shatilgan edi. Joriy yilning iyun oyida The Insider va Moldovaning “Malenkaya strana” nashri u ko‘p yillar davomida Rossiya harbiy razvedkasi uchun ma’lumot yetkazuvchi bo‘lganini xabar qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!