Qirg‘izistonda korrupsioner amaldorlarning oila a’zolariga davlat lavozimida ishlashga ruxsat berilmaydi

 Qirg‘izistonda korrupsioner amaldorlarning oila a’zolariga davlat lavozimida ishlashga ruxsat berilmaydi

Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev ma’lum qildi.

Milliy xavfsizlik rahbari 3 yildan beri mamlakatda poraxo‘rlikka qarshi kurash ishlari yakunlanmayotganini aytdi.

Qirg‘izistonda endi poraxo‘r amaldorlarning yaqin qarindoshlariga davlat lavozimlarida ishlash taqiqlanadi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi mamlakatda korrupsiya darajasi pasayganiga qaramay, bu davlat idoralarida muammo bo‘lib qolayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, korrupsiya jinoyati uchun hibsga olingan ayrim shaxslar ba’zan muddatidan oldin ozod bo‘ladi, bu esa huquqni muhofaza qilish organlarini charchatgan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Unga ko‘ra, korrupsiyaga qo‘l urgan mansabdor shaxslar davlat organlarida ishlashdan umrbod chetlatiladi.

«Korrupsionerlar jarimadan qutulganidan so‘ng, 1-2 yil o‘tib davlat xizmatiga qaytyapti va yana noqonuniy xatti-harakatlar qilishda davom etmoqda. Ammo, endi jarima o‘rniga haqiqiy qamoq jazosi qo‘llaniladi»,– deydi Qamchibek Tashiyev.

«Aks holda korrupsiya avj olishda davom etadi. Bundan buyon hech bir poraxo‘r amaldor qamoqdan qochib qutula olmaydi, ularga nisbatan shartli ozodlik qo‘llanilmaydi. Korrupsioner davlatning birinchi raqamli dushmani», – dedi Qamchibek Tashiyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!