Toshkentda issiq suv narxi bir yilda ikkinchi marta oshirilmoqda

Toshkentda issiq suv narxi bir yilda ikkinchi marta oshirilmoqda

Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik ta’minoti uchun tariflar oshiriladi. Bu haqda xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining ushbu taklifni ma’qullagan 12 sentabrdagi qarorida aytiladi.

Aholiga issiqlik va issiq suv ta’minoti xizmatlarining yangi chakana tarifi 15 foizga oshadi va 105 754 so‘m/Gkal o‘rniga 121 617 so‘mni tashkil etadi.

Oxirgi marta narx joriy yilning 2 aprelida — o‘tgan isitish mavsumi tugaganidan keyin ko‘tarilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!