Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi

Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinish yuz berdi

Armaniston Tergov qo‘mitasi hukumatni ag‘darishga qaratilgan fitna topilganini e’lon qildi. Aytilishicha, gumonlanuvchilar Rossiyada tayyorgarlikdan o‘tgan.

Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati davlat to‘ntarishiga urinishning oldini olganini e’lon qildi. Mamlakat Tergov qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, fitnada Armanistonning besh fuqarosi, ikki sobiq Qorabog‘lik va noma’lum shaxslar ishtirok etgan.

Tergovning iddao qilishicha, fitnachilar Armaniston fuqarolari va Qorabog‘ aholisini Rossiyada harbiy tayyorgarlikdan o‘tganliklari uchun oyiga 220 ming rubl to‘lab berishni va’da qilib, yollagan. Ro‘yxatga olinganlar Rostov-Don shahrida sinovdan o‘tkazildi, shundan so‘ng ular jangovar tayyorgarlik uchun Arbat harbiy bazasiga yuborildi.

«Ularga mashg‘ulotlardan maqsad Armaniston Respublikasiga qaytish va amaldagi hukumatni ag‘darish ekani aytildi», — deyiladi Tergov qo‘mitasi bayonotida.

Hozirda 3 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi, to‘rt nafari qidiruvga berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!