Isroil peyjerlarga portlovchi modda o‘rnatish uchun soxta kompaniya yaratgan

Isroil peyjerlarga portlovchi modda o‘rnatish uchun soxta kompaniya yaratgan

Bu haqida New York Times razvedka xodimlarining so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.

Ofisi Budapeshtda joylashgan "BAC Consulting” go‘yoki Tayvanning Gold Apollo kompaniyasi nomidan qurilmalar ishlab chiqargan, lekin aslida u Isroil tomonidan ataylab tashkil etilgan soxta kompaniyalardan biri bo‘lgan, deyiladi xabarda.

Isroil tomonidan “Xezbolla” harakati rahbariyatiga uyushtirilgan hujumlarda ularning mobil telefoni orqali turar joyi aniqlangani sababli, 2022 yilda harakat a’zolari ommaviy ravishda peyjerlardan foydalanishga o‘tgan edi. Shundan so‘ng Isroil soxta kompaniya orqali Livanga 5 mingga yaqin peyjerlar yetkazib bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!