Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbari Qrimni 20 yilga BMT mandati ostiga berishni taklif qildi

Polsha tashqi ishlar vazirligi rahbari Qrimni 20 yilga BMT mandati ostiga berishni taklif qildi

Radoslav Sikorskiy Rossiya va Ukraina Qrimni qurolsizlantirmagan holda potensial tinchlik shartlarini muhokama qila olmasligini aytdi.

"Bu ikkala davlat uchun ham muhim. Umumiy yechim faqatgina Kiyev va Moskva xohlasagina topiladi. Qrimning qonuniy egasi kimligini BMT mandati ostida adolatli referendum o‘tkazgandan keyin aniqlash kerak. Bunday referendum 20 yildan keyin o‘tkazilishi mumkin. Ungacha Qrim BMT mandati ostida bo‘lishi lozim", — deya fikr bildirdi Sikorskiy

Polsha TIV rahbari, shuningdek, G‘arb, xususan, AQSh rasmiylari ukrainaliklarni 2014 yilda Qrim Rossiyaga qo‘shib olinganidan keyin bu yerda jang qilmaslikka ishontirishda katta xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidladi.

"Agar ukrainaliklar hatto ramziy shaklda bo‘lsa ham Qrimda jang qilganlarida, Putin Donbass bo‘yicha qaror qabul qilmagan bo‘lar edi", — deya qo‘shimcha qildi Sikorskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!