Rossiya 24 soat ichida Zaporojyeni 161 marta o‘qqa tutdi
Ukrainaning Zaporojye viloyatida Rossiyaning zarbalari oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi, dedi gubernator.
Gubernator Ivan Fedorovning ma’lum qilishicha, bir keksa ayol halok bo‘lgan, yana ikki ayol yaralangan.
Rossiya kuchlari so‘nggi 24 soat ichida mintaqani 161 marta o‘qqa tutdi, infratuzilma ob’ektlari va turar-joy binolariga zarar yetkazdi, dedi u Telegramda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)