Kreml Stoltenbergni uzoqni ko‘ra olmaslikda aybladi
Kreml Stoltenbergning Rossiyaga berilgan raketa zarbalari haqidagi izohini tanqid qildi.
Kreml NATOning iste’foga chiqayotgan rahbari Yens Stoltenbergning G‘arbning Ukrainaga Rossiyaga zarba berish uchun uzoq masofali qurollardan foydalanishiga ruxsat berish qarori borasidagi izohlarini «xavfli» deb ta’rifladi.
«Rossiya prezidentining bayonotlarini jiddiy qabul qilmaslik haqidagi bu ko‘zga ko‘ringan istak – bu mutlaqo uzoqni ko‘ra olmaslik va noprofessional harakat», — dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Stoltenbergning pozisiyasi «o‘ta provokasion va xavfli», deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Seshanba kuni chop etilgan intervyusida Stoltenberg o‘tgan hafta Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun G‘arb tomonidan yetkazib beradigan uzoq masofali qurollardan foydalanishiga ruxsat berish G‘arbning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushayotganini anglatadi, degan ogohlantirishini rad etdi.