Livan Isroilga zarba berdi

Livan Isroilga zarba berdi

Livandan portlovchi moddalar o‘rnatilgan dronlar Isroil shimoliga zarba berdi.

Isroil armiyasining ma’lum qilishicha, Livandan Isroilga bir nechta uchuvchisiz uchish apparatlari o‘tib, mamlakat shimolida yong‘in kelib chiqargan.

O‘t o‘chiruvchilar, Bayt Hillel yaqinida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish ustida ishlamoqda, deya ma’lum qildi armiya, qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Shuningdek, Yaara yaqinida portlovchi moddalar o‘rnatilgan UAV ham aniqlangan.

Isroil matbuoti bir necha kishining jarohatlangani haqida xabar berdi, biroq armiya bu xabarlarni hali tasdiqlamadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!