O‘zbekistonda yana bir siyosiy kuch maydonga keldi

O‘zbekistonda yana bir siyosiy kuch maydonga keldi

S’ezdda O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Partiyaning Markaziy Kengashi a’zolari, Nazorat-taftish komissiyasi a’zolari saylab olindi. Delegatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida O‘zbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari hamda s’ezdda ko‘rib chiqilgan boshqa masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Plenumi ham bo‘lib o‘tdi. Plenumda qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zolari, uning raisi va rais o‘rinbosarlari ham saylandi. Partiyaning ramzlari tasdiqlandi.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!