O‘zbekistonda o‘tgan yilda narxi eng ko‘p oshgan mahsulot

O‘zbekistonda o‘tgan yilda narxi eng ko‘p oshgan mahsulot

Davlat Statistika qo‘mitasi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, 2019 yilning yanvar oyida tovarlar va xizmatlar orasida narxlar o‘sishi eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari sohasida kuzatilgan.

2018 yilning yanvar oyi bilan solishtirganda, asosiy mahsulotlar narxlari o‘sganini qayd etish mumkin. Xususan, non mahsulotlari - 28%ga, go‘sht va baliq 20 %ga, sut mahsulotlari 13%ga, alkogol 10%ga va yog‘lar 8% oshgani qayd etilgan.

2018 yilning Dekabr oyi bilan solishtirganda, narxi eng ko‘p oshgan mahsulot guruhlari quyidagilar bo‘lgan: meva sabzavotlar 8,3 %, sut mahsulotlari 3 % va non mahsulotlari 2 %ga o‘sishi kuzatilgan.

Qayd etish joizki,non narxining keskin oshishiga bir necha ob’ektiv sabablar bor. Xususan, 2018 yilning sentyabr oyida Hukumat qaroriga asosan, qolipli non (buxanka) narxlarini tadbirkorlar tomonidan erkin belgilashga ruxsat berilgan edi. Undan oldin buxanka narxi davlat tomonidan belgilab berilgan.

Shuningdek, alkogolli ichimliklar narxi oshishiga alohida sabab ham bor. O‘tgan yilning oxirida barcha alkogolli ichimliklar uchun aksiz to‘lovlari miqdori oshirilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!