O‘zbekistonda to‘yda bo‘lgan qozog‘istonlik ayolda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda to‘yda bo‘lgan qozog‘istonlik ayolda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda to‘yda bo‘lib qaytgan qozog‘istonlik ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda xabar.uz xabar berdi.

Qozog‘istonning Almati viloyati, Yenbekshikazax tumanida istiqomat qiluvchi, 1960 yilda tavallud topgan ayol qarindoshlari bilan birga O‘zbekistonda, To‘rtko‘l qishlog‘ida o‘tkazilgan to‘y marosimida ishtirok etgan. Umumiy jihatdan 14 nafar mehmon 26 mart sanasida Qozog‘istonga qaytgan va 27 mart kuni hammasi stasionarda karantinga olingan.

Karantin davomida hammadan tibbiy tahlil olingan. Natijada yuqorida keltirib o‘tilgan ayolda koronavirus infeksiyasi aniqlangani xabar qilinmoqda. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozim, 29 mart sanasida Qozog‘istonning Almati viloyatida 6 kishida koronavirus infeksiyasi topilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!