O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik va zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish ishlari kuchaytiriladi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik va zilzilaga tayyorgarlik ko‘rish ishlari kuchaytiriladi

Prezident bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish, seysmik xavf monitoringi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan:

➖ 1 iyundan boshlab seysmik faol zonalarda MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori ballik seysmik faol zonalarda yangi qurilishi rejalashtirilayotgan 5 qavatdan yuqori tibbiyot ob’ektlari hamda 9 qavatdan yuqori binolarni aktiv seysmik himoyalash qurilmalari, shu jumladan, seysmoizolyasiya va dempfer uskunalari bilan loyihalash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➖ 1 iyuldan boshlab yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa bo‘lgan ob’ektlarga bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini avtomatik monitoring qilish uskunasini o‘rnatish majburiy bo‘ladi;

➖ 1 iyundan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili III — IV toifa bo‘lgan ob’ektlarda gaz va elektr tarmoqlarini kuchli zilzila paytida avtomatik bloklash tizimi bilan loyihalash tartibi joriy etiladi;

➖ 1 iyulga qadar texnik holati qoniqarsiz deb topilgan mavjud bino va inshootlarni «kompensasion in’eksiya texnologiyasi orqali mustahkamlash va deformasiyani oldingi holatiga qaytarish» uslubi orqali qayta tiklash ishlari eksperiment tariqasida amalga oshiriladi;

➖ 1 iyundan O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan zilzilalar monitoringi, ularning ilmiy tahlili va faol tektonik yer yoriqlarining harakatlari orqali yaqin kelajakda kutilayotgan kuchli zilzila xavfi bor hududlarni aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

➖ 1 maydan boshlab O‘zbekistonning har bir hududida kuchli zilzilada aholini qutqarish ishlariga jalb etish uchun volontyorlik guruhlari tuzila boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!