O‘zbekistonda Rossiya rasmiylarining 11 ta ko‘chmas mulki bor

O‘zbekistonda Rossiya rasmiylarining  11 ta ko‘chmas mulki bor

Rossiya amaldorlari o‘z deklarasiyalarida 75 mamlakatda joylashgan 6007 ta ko‘chmas mulkni ko‘rsatdilar, ularning xaritasi "Deklarator" loyihasi tomonidan e’lon qilindi, deydi “ca-news.org”.

“Snob” xabariga ko‘ra, sobiq ittifoq mamlakatlaridagi Rossiya amaldorlarining ko‘chmas mulkining katta qismi Qozog‘iston, Armaniston, Belarusiya va Tojikistonda joylashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Bolgariya, Ukraina, Qirg‘iziston, Ispaniya va Finlyandiyada amaldorlar 148 dan 537 gacha bo‘lgan ko‘chmas mulkka egalar. Qozog‘istonda - 688 ta ob’ekt, Tojikistonda - 559 ta, Qirg‘izistonda - 324 ta. O‘zbekistonda esa eng kam - 11 ta ko‘chmas mulk ob’ekti mavjud.

"Deklarator" ning ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lumotlar bazasidagi ko‘plab mamlakatlarda bir yoki ikki mansabdor shaxs bor va bu, odatda, Iqtisodiy rivojlanish vazirligining xodimi yoki alohida Rossiya hokimiyatining vakillari. Ularning ko‘chmas mulki mulkda emas, balki foydalanishda. Hammasi bo‘lib, amaldorlar 47 mamlakatda 1807 mulkka ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!