O‘zbekistonda poliz mahsulotlari nega arzonlashmayapti - senator javob berdi

O‘zbekistonda poliz mahsulotlari nega arzonlashmayapti - senator javob berdi

Bu yil suv tanqisligi ayniqsa sabzavot narxlariga ta’sir qildi, dedi jurnalistlarning "Sabzavotlar, poliz mahsulotlari narxi nega arzonlamayapti?", degan savoliga javoban O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Bahodir Tajiyev javob berdi.

"Bu yil suv tanqisligi ayniqsa, sabzavot mahsulotlariga ta’sir qildi. Xohlaymizmi-xohlamaymizmi, qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish avvalombor tabiatga bog‘liq. Buni to‘g‘ri qabul qilishimiz kerak. Hatto paxtachiligimiz, bug‘doy yetishtirishimizga ham ta’sir qildi suv tanqisligi", - deb ta’kidladi senator.

Senatorlarning ta’kidiga ko‘ra, bu yil O‘zbekiston reginlarida suv haqiqatda tanqis bo‘ldi. O‘zbekistonga kelayotgan suvning 80%i qo‘shni mamlakatlardan xususan, Tojikiston va Qirg‘izistondan keladi, 20 foizigina respublikaning o‘zida shakllanadi.

Shu suv tanqisligi sababli ayni pishiqchilik mavsumi bo‘lishiga qaramay, poliz mahsulotlarining bahosi arzonlashmayapti. Qolaversa, bu holatni Markaziy bank tomonidan iyul oyida ayrim iste’mol tovarlari va xizmatlar narxi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari ham tasdiqlaydi. Unda keltirilishicha, o‘tgan yillardagiga qiyoslanganda tarvuz va qovun narxlari yuqoriligicha qolmoqda.

Hozirgi paytda tarvuzning bir kilogrammi o‘rtacha 800-1800 so‘m, qovunniki esa 1800-3200 so‘m atrofida. Ya’ni, o‘rtacha kattalikdagi tarvuzni 10 ming so‘mdan kamiga ololmaysiz.

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda Oliy Majlis Senatlari qo‘mitalarining joriy yil birinchi yilligidagi faoliyati yakunlari va yaqin istiqboldagi ustuvorliklarga bag‘ishlangan matbuot-anjumanlari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi ham avgust oyining birinchi haftasida o‘z faoliyatini sarhisob qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!