O‘zbekistonda piyoz narxi rekord darajada tushib ketdi

O‘zbekistonda piyoz narxi rekord darajada tushib ketdi

O‘zbekistonda o‘tgan hafta piyozning ulgurji narxi 1500 so‘mgacha (12 AQSh senti) tushib ketdi. Bu haqda EastFruit tomonidan amalga oshirilgan monitoring natijalarida so‘z boradi.

Hozir O‘zbekistonda 830 kilogrammdan ortiq piyozni 100 dollarga ulgurji xarid qilish mumkin. Qayd etilishicha, O‘zbekiston tarixida yilning bu davrida piyozning bunday arzon narxi bo‘lmagan. Bir yil avval piyoz narxi hozirgidan 4,4 barobar qimmatroq edi. Yilning ushbu davri uchun odatiy narx taxminan ikki baravar yuqori va 24−26 AQSh sentini tashkil qiladi.

Ushbu ma’lumotlar kichik ulgurji savdolar narxidir. Agar bahorda qayta sotish uchun kuzda piyoz sotib olgan fermer yoki savdogarlar inobatga olinsa, bunday piyozning haqiqiy narxi hozirda nolga intiladi va 2023 yilgi hosil zaxiralarining barchasini sotishning imkoni bo‘lmaydi.

EastFruit’ga ko‘ra, kamida 150-200 ming tonna piyozni chiqindiga tashlashga yoki qoramollar uchun yemish sifatida berishga to‘g‘ri keladi. “Shu boisdan hafta davomida o‘tgan yilgi piyoz narxi sezilarli darajada arzonlashsa hayron bo‘lmaslik kerak”, — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!