O‘zbekistonda metro foydalanuvchilari bir yilda 25 mln nafarga oshdi

O‘zbekistonda metro foydalanuvchilari bir yilda 25 mln nafarga oshdi

Toshkent metropolitenida yanvar-mart oylarida 63,8 mln nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 25,1 mln nafarga ko‘p.

Shuningdek, 2024 yilning yanvar-mart oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda o‘rtacha 700,8 ming nafar yo‘lovchilar tashilgan. Bu 2023 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 64,7 foizga oshganini ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!