O‘zbekistonda jazirama kunlar boshlanmoqda

O‘zbekistonda jazirama kunlar boshlanmoqda

Ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.

Yakshanba kuni O‘zbekistonda havo harorati 43-45 darajagacha ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Qayd etilishicha, bugun, 24 iyun kuni O‘zbekistonning tekislik hududlari bo‘yicha biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda kunduzi termometr ustuni 36-39 darajaga yetadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha bo‘ladi.

Ertadan boshlab O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda issiq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi. Ertaga havo harorati kechasi 21-24 daraja, kunduzi 36-39 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44 darajagacha bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat foni kechasi 23-26 darajagacha, kunduzi 38-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

Ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!