O‘zbekistonda esdalik tangalar narxi arzonlashdi

O‘zbekistonda esdalik tangalar narxi arzonlashdi

O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 11 dekabrdan amalda bo‘ladigan narxlarini belgiladi.

Unga ko‘ra:

1 ta oltin tanga narxi — 14 300 000 so‘m (o‘tgan haftaga nisbatan 100 ming so‘mga arzonlashdi);

1 ta kumush tanga narxi — 318 000 so‘mni tashkil etdi (o‘tgan hafta — 323 000 so‘m).

Esdalik tangalarning har birining og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Metallar probasi 999,9 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!