O‘zbekiston va Qozog‘iston dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni o‘zaro soddalashtiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni o‘zaro soddalashtiradi

O‘zbekiston va Qozog‘iston dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni o‘zarosoddalashtiradi. Bu haqda ikki mamlakat delegasiyalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ma’lum qilindi.

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va uning qozog‘istonlik hamkasbi Serik Jumangarin boshchiligida o‘tgan uchrashuvda ko‘p qirrali ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Farmasevtika sohasidagi hamkorlik muhokamalari yakunida ikki mamlakat vakillari dori-darmonlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishga kelishib olishdi.

Bundan tashqari, ular forvard shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha birgalikda ish borishadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda farmasevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlangani xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!