O‘zbekiston Qozog‘istonni un bozoridan chiqarib yubormoqda, ammo mamlakat ichida u qimmatlashmoqda

O‘zbekiston Qozog‘istonni un bozoridan chiqarib yubormoqda, ammo mamlakat ichida u qimmatlashmoqda

Don ekinlarining umumiy hosiliga ko‘ra, Qozog‘iston dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Joriy yilda g‘allaning yalpi hosili 20 million tonnaga, eksport salohiyati esa 9 million dollarlik darajada baholanmoqda, Qozog‘istondan g‘alla asosan Markaziy Osiyo davlatlari, Eron va Afg‘onistonga yuboriladi, deb yozmoqda Kapital.kz.

Bir necha yil ilgari Qozog‘iston un eksporti bo‘yicha jahon bozorida yetakchi edi. Lekin hozir emas. Qozog‘istonlik tegirmonchilar o‘z ishlarini to‘xtatmoqdalar - yil sayin mamlakatda ishlayotgan tegirmonlar soni kamaymoqda.

«Biz un sotish bo‘yicha an’anaviy bozorlarni yo‘qotdik - Tojikistonni aniq yo‘qotdik, endi O‘zbekiston va Afg‘onistonni yo‘qotmoqdamiz. Afg‘oniston so‘nggi bir necha yil davomida Qozog‘istonning past sifatli unini faol sotib oldi, biroq endi Qozog‘iston bug‘doyidan tayyorlangan o‘zbek unini sotib olyapti. Sotish bozorlari bo‘lmagani sababli Qozog‘iston tegirmonlari to‘xtab qolmoqda - o‘tgan yili juda ko‘plab tegirmonlar ishi joyida turib qoldi», - deydi «Dikanshi» tijorat direktori Igor Denisenko.

Un eksporti 2010 yilda eng cho‘qqisiga chiqdi, o‘shanda Qozog‘iston 2,3 million tonna un sotgan. Shundan keyin eksport hajmi yildan-yilga kamayib bordi, tegirmonlar esa to‘xtadi.

Tegirmonchilarning fikricha, tegirmonlarni saqlab qolish uchun donni eksport qilish bo‘yicha aksizni joriy etish yoki tegirmonchilarga dotasiyalar berish kerak. Lekin tegishli vazirlik na unisi, na bunisini rejalashtirmayapti.

Shu bilan birga, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston aynan unga aksiz solig‘i bilan qozog‘istonlik tegirmonchilarga jiddiy to‘siq qo‘ydi.

«Masalan, 2012 yilga qadar O‘zbekistonda barcha un Qozog‘istondan bo‘lgan edi, lekin endi qo‘shnilar bizning donimizni sotib olib, o‘zining qayta ishlash sanoatini rivojlantirmoqda», - deyiladi xabarda.

So‘nggi olti yil mobaynida O‘zbekiston Afg‘onistonga unni eksport qiluvchi mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi, bu esa Qozog‘iston mahsulotining eksport ulushini qisqartirdi.

Avgust oyi oxirida O‘zbekiston kompaniyalari unni import qilingan dondan eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Eksport qilinuvchi un hajmi import qilinadigan don hajmining 75 foizidan oshmasligi kerak.

G‘alla importiga keladigan bo‘lsak, 2020 yil 1 yanvargacha don mahsulotlari (bug‘doy, jo‘xori, tariq, arpa) bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi (rasmiylashtiruvdan tashqari).

Shu bilan birga, sentyabrda birinchi navdagi un narxi 1400 so‘mgacha oshdi, noyabr oyida esap u yana bir necha barobarga qimmatlashishi mumkin, sababi hukumat yaqinda «buxanka» bilan yuz berganidek, unga narxlarni «qo‘yib yuborishni» rejalashtirgan. 

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!