O‘zbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi o‘yini kelishilganmidi?

O‘zbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi o‘yini kelishilganmidi?

Avval xabar berganimizdek, U-23 Osiyo chempionati saralashi doirasida 26 mart kuni O‘zbekiston olimpiya termasi Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda tomonlar durang natija qayd etishdi va har ikki jamoa yakunda 4 ochkodan jamg‘ardi. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik vakillarimiz tomonida bo‘lib, Osiyo chempionatining final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvdan so‘ng mazkur uchrashuv kelishilgan o‘yin ekani to‘g‘risida turli gap-so‘zlar tarqala boshladi. Bunga bloger Diyor Imomxo‘jayev munosabat bildirdi:

O‘zbekiston olimpiya termasining Tojikistonga qarshi o‘yini kelishilgan degan gaplar quloqqa ko‘p chalinyapti.

Shunga yaqinroq yurgan inson sifatida bu fikrlarga qo‘shilmagan bo‘lardim. Agar maqsad qo‘shni respublika termasini ham keyingi bosqichga olib chiqish bo‘lganida, qolgan termalarga o‘xshab golli duranglar ham qilsa bo‘lardi. Aytaylik, 1:1 yoki 2:2. Bu natija Tojikistonni ham keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin edi. Masalan, eng oxirida maydonga BAA va Saudiya chiqdi. Ularni 1:1 qanoatlantirardi va ular 1:1 o‘ynashdi. Pley-off o‘yinlari ham o‘tkazilganida edi, raqobat nisbatan sog‘lomroq bo‘lardi fikrimcha.

Kecha esa tojiklar shunchaki durang uchun o‘ynadi. Terma to‘liq himoyaga yotib oldi. Qo‘shimchasiga, O‘zbekiston termasi ham o‘zi kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Ya’ni, futbolchilarimiz hujumda hech narsa qila olishmadi, ular faqatgina minimum vazifani uddalashdi.

Ha, bu o‘yin bilan Olimpiadaga borib bo‘lmaydi. Biroq bu Tailandda ham futbolchilar aynan shunday o‘ynaydi degani emas. Yaxshi tarafi, Drulovich hali million ish uni kutib turganligini kecha tushundi. Tojikistonga ham 2-3 ta gol urib, bemalolxo‘ja bo‘lganidan ko‘ra, saralashning o‘zida saboq olgani yaxshiroq .

Diyor Imomxo‘jayev

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!