O‘zbekiston – Moldova shartnomalari inventarizasiya qilindi

O‘zbekiston – Moldova shartnomalari inventarizasiya qilindi

Kishinevda 15 iyun kuni O‘zbekiston – Moldova TIV rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda Moldova Tashqi ishlar va Yevropa bilan integrasiya vazirligi davlat kotibi Tatyana Molchan boshchiligidagi delegasiya ishtirok etgan.

Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investision va madaniy-gumanitar hamkorlik kabi yo‘nalishlardagi aloqalarning muhim masalalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, savdo, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim sohasidagi kooperasiya hamda akademik almashinuvlar uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tgan TIV vakillari uchrashuvida ikki tomon aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasi inventarizatsiya qilingan va O‘zbekiston Moldova orasida kelajakda imzolanishi mumkin bo‘lgan hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston — Moldova Hukumatlararo komissiyasining so‘nggi uchrashuvi bundan 16 yil oldin bo‘lib o‘tgan. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!