O‘zbekiston fuqarolaridan biri maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida vafot etdi

O‘zbekiston fuqarolaridan biri maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida vafot etdi

2020 yil 19 sentabr kuni hamyurtlarimizni maxsus poyezdga chiqarish chog‘ida yo‘lovchilardan biri – 1987 yil 13 sentabrda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi R.J. “Lixaya” stansiyasi old tomonidagi maydonda o‘zini yomon his qila boshlagan va tez tibbiy yordam yetib kelgunicha u vafot etdi. Bu haqda TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qildi.

Mamlakatimizning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, bu vatandoshimiz palatkali lagerda yashamagan. Sankt-Peterburg shahridan yetib kelgach, R. J. sog‘ligi yomonlashgani sababli 14 sentabr kuni Shaxti shahri Markaziy shahar shifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan “Lixaya” stansiyasiga olib borilgan.

Fuqaroning koronavirus bilan kasallangani tasdiqlanmagan.

Marhumning jasadi charter reys orqali O‘zbekistonga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!