O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so‘radi (VIDEO)

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari karantin uzaytirilgani uchun aholidan uzr so‘radi (VIDEO)

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev karantin cheklovlari uzaytirilayotgani hukumat, joylardagi hokimliklar uchun juda muhimligini qayd etmoqda. U bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

 

«Birinchi navbatda karantin cheklovlarini uzaytirish orqali ayrim aholi qatlamlariga noqulayliklar yaratishga majbur ekanligimiz uchun uzr so‘rayman.

Transportda yurishga, ish faoliyatini tiklashga, bozorlardagi tadbirkorlarga, umuman, hozirgi kunda ishini to‘xtatib turgan odamlardan uzr so‘rashimiz kerak. Chunki biz majburmiz. Birinchi pirovard maqsad aholi sog‘lig‘ini, hayotini saqlab qolishdir. Buning uchun nima ish qilish kerak bo‘lsa, qilishimiz kerak.

Bizga vaqt kerak. Ayrim faoliyat turlari yana ozgina birgalikda sabr qilib tursa, kasallikning oldini olish bo‘yicha birinchi galdagi vazifalarimizni amalga oshirsak, undan keyin hammasini tiklab olamiz. Karantin cheklovi uzaytirilishi hukumatga, hokimiyatlarga davolash tizimini yaratishga imkoniyat beradi», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!