Uyi buzilishini istamagan Sardoba fuqarolarining noroziligi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Uyi buzilishini istamagan Sardoba fuqarolarining noroziligi yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida yaqin atrofdagi fuqarolarning uylari, chorva mollari hamda hosillariga zarar yetgan. Ayni paytda uylarda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, aholi istiqomati uchun hozirlanmoqda. Shuningdek, tumanda yangi ko‘p qavatli uylar qurilishi boshlab yuborilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumani Do‘stlik mahallasida 28 xonadon fuqarolar norozichiligi namoyish etilgan video lavha tarqaldi. Ushbu fuqarolar xonadonlari maxsus komissiyani qarori bilan yaroqsiz deb topilganligi aniqlanib, ushbu xonadon egalariga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev tomonidan 40 million so‘mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar uchun sertifikatlar topshirilgan. Hozirda tuman hokimligi tomonidan buzilish ishlari to‘xtalib, ushbu vaziyat yuzasidan maxsus komissiya va viloyat hokimligiga ma’lumot kiritilgan. Bu haqda Sardoba tumani hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!