“Ustoz” ko‘rgan “shogird”: Endi Buloqboshi kadastr bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

“Ustoz” ko‘rgan “shogird”: Endi Buloqboshi kadastr bo‘limi xodimi pora bilan ushlandi

Bundan ikki oy avval Andijon viloyati Buloqboshi tumani yer resurslari davlat kadastri boshlig‘i Ulug‘bek Rahmonov Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olingan edi. Mutasaddi mansabini suiiste’mol qilib, tuman hududidan 4 sotix yer maydoni ajratib berish uchun fuqaro U.B. dan 4 ming AQSh dollari talab qilgan va ko‘rsatilgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, unga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Buni qarangki, Ulug‘bek Rahmonovning jazolanishi uning hamkasblariga “dars” bo‘lmagan ekan. 2018 yil 13 sentyabr kuni DXX Andijon viloyati boshkarmasi Buloqboshi tuman bo‘limi xodimlari hamda tuman Departament bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yer resurslari davlat kadastri tuman bo‘limi yer tuzuvchi mutaxassisi A.Qo‘ldoshev, fuqaro D.B.ga “Shirmonbuloq Gulshodasi” fermer xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan 1 sotix yer maydonini turar joy sifatida uning xonadoni yashash maydoniga qo‘shib berish uchun fuqarodan 1000 AQSh dollari miqdorida pul talab qilgan. Mutasaddi o‘zining “Tiko” avtomobilida pulni olayotganida qo‘lga tushdi.

A.Qo‘ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zgatildi. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!