Urganch tumanida chaqaloq savdosiga qo‘l urgan ayollar jazoga tortildi

Urganch tumanida chaqaloq savdosiga qo‘l urgan ayollar jazoga tortildi

Jamiyatimizda shunday toifadagi manfur shaxslar borki, ular moddiy manfaat evaziga o‘z yaqinlaridan voz kechishgacha borishadi hamda ularning mazkur qilmishi oxir-oqibat jinoyat bilan yakunlanadi.

Jumladan, Urganch shaxrida yashovchi Baxoroy (ismlar o‘zgartirilgan) tanishi Zahro bilan til biriktirib, qizi Oyxonimning nikohsiz tug‘ilgan farzandini moddiy manfaat ko‘rish niyatida sotish payiga tushadi.

2018 yilning 28 may kuni Bahoroy nevarasini 3.000 AQSh dollari evaziga Urganch tumanida yashovchi fuqaroga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida jinoyat ustida ushlangan.

Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari Urganch tumani IIB tergovchisi tomonidan olib borilib, jinoiy sheriklarning qilmishlari to‘liq fosh etildi.

Jinoiy qilmishlari 2018 yil 8 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tumani sudida ko‘rib chiqilgan ushbu kimsalarning kirdikorlari sudda o‘z isbotini to‘liq topdi va ularga nisbatan adolatli jazo tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!