O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.E. fuqaro A.ning tanishini Namangan davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 000 AQSh dollari va 22 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro J.ni Samarqand davlat univeritetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro N.E. fuqaro M.ni 1 500 AQSh dollari evaziga tanishlari orqali Buxoro shahridagi Jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!