Unvonidan mahrum bo‘lgan “Moskva go‘zali” alamidan tojni sindirdi

Unvonidan mahrum bo‘lgan “Moskva go‘zali” alamidan tojni sindirdi

Moskva go‘zali tanlovining g‘olibasi bo‘lgan Alesya Semerenko unvondan mahrum etilgach, tashkilotchilarga g‘oliblik tojini singan holda qaytardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
G‘oliblik tojini Alesya Semerenkodan zo‘rg‘a qaytarib oldik. U sindirilgan, ta’mirtalab holda qaytarildi. Mazkur toj qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan , deb voqeaga oydinlik kiritdi, tadbir rahbari Tatyana Andreeva.

Tojning qaytarib olinishiga tanlov g‘olibasining shartnomada bir yil mobaynida xayriya tadbirlarida ishtirok etishga majburligi ko‘rsatilgan bandi talablarini bajarmagani sabab bo‘lgan. Bu go‘zallik tanlovi tarixidagi ilk ko‘ngilsiz voqeadir.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!