Ukraina Tashqi ishlar vaziri Poroshenko nutq so‘zlayotgan vaqtda uxlab qoldi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Poroshenko nutq so‘zlayotgan vaqtda uxlab qoldi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin mamlakat prezidenti Petr Poroshenko BMTning Bosh assambleyasining 73-sessiyasida nutq so‘zlayotgan vaqtda uxlab qoldi.

Video lavhada Poroshenko nutq so‘zlayotganda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Klimkin uxlab qolgani ko‘rinadi. Shu yerda Ukraina birinchi xonimi Marina Poroshenko, Sog‘liqni saqlash vaziri Ulyana Suprun ham bor.

Video lavhada majlislar zalida o‘rindiqlar ko‘p qismi bo‘sh bo‘lganligi ham ko‘rish mumkin.

Ukraina prezidenti o‘z nutqida 25 daqiqasini Rossiya nisbatan ayblarga, atigi 3,5 daqiqasini Ukrainaning o‘ziga bag‘ishlanadi.

Ilgari Kiyev bir necha marta Moskvani Ukraina ichki ishlariga aralashganlikda ayblagan. Rossiya buni inkor etib kelib, ularni noto‘g‘ri deb hisoblaydi.

Moskva Ukrainadagi ichki mojaroning bir tomoni emasligini bir necha bor ta’kidlab, Rossiya Ukraina siyosiy va iqtisodiy inqirozni bartaraf etishidan manfaatdor ekanligini ma’lum qilib keladi.    

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!