Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumdan maqsadi bufer zona yaratishdir

Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumdan maqsadi bufer zona yaratishdir

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

"Bizning Kursk viloyatidagi mudofaa harakatlarimizning asosiy vazifasi - Rossiyaning harbiy salohiyatini imkon qadar ko‘proq yo‘q qilish va maksimal qarshi hujum ishlarini bajarish. Xususan, tajovuzkor davlatning hududida bufer zonani yaratish", — deya aniqlik kiritdi Ukraina prezidenti o‘z videomurojaatida.

Zelenskiy, shuningdek, Donesk viloyatidagi frontdagi vaziyatni izohlar ekan, rus harbiylari Toretsk va Pokrovskiy yo‘nalishida o‘nlab hujumlar uyushtirganini, biroq Ukraina Qurolli kuchlari o‘z pozisiyalarini saqlab qolish uchun kerakli harakatlarni qilayotganini bildirdi.

Ukraina yetakchisi AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya rahbarlariga alohida murojaat qilib, ularni yangi harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!