Ukraina parlamentida tartibsizlik hukm surmoqda

Ukraina parlamentida tartibsizlik hukm surmoqda

Ukraina parlamentida tartibsizlik hukm surmoqda, deb yozadi The New York Times.

Gazetaning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan va hech qanday saylov o‘tkazishning iloji yo‘q, deputatlarning 10 foizga yaqini Rada majlislarida muntazam qatnashmaydi.

Aynan mana shu tartibsizliklar milliardlab dollarlik chet el yordami va Zelenskiyning idorasi haddan tashqari ko‘p vakolatlarga ega ekanligi tanqid qilinayotgan paytda korrupsiyaga oid ayblovlarning kuchayishiga olib keldi, deya xulosa qiladi gazeta.

Mamlakat Konstitusiyasiga ko‘ra, parlament prezidentdan ko‘ra ko‘proq vakolatlarga ega, deya qayd etadi NYT. Oldingi inqirozlar davrida Rada muhimroq va mustaqil bo‘lgan, deb ta’kidlaydi gazeta.

Avvalroq Reuters agentligi Zelenskiy «Moskvaning uni o‘ldirishga urinishlaridan qo‘rqish» tufayli tobora paranoyaga aylanib borayotganini yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!