Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam berish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihalari uchun ovoz berish kelayotgan shanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan — AQSh Kongressi Vakillar Palatasi spiker

Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam berish to‘g‘risidagi yangi qonun loyihalari uchun ovoz berish kelayotgan shanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan — AQSh Kongressi Vakillar Palatasi spiker

Qonun loyihalariga ko‘ra, Isroilga 26,4 milliard dollar, Ukrainaga 60,8 dollar va Tinch okeani mintaqasida Xitoyga qarshi kurashish uchun 8,1 dollar ajratiladi, jumladan Tayvanga bir necha milliard dollar beriladi.

O‘sha kuni, shuningdek, rossiyalik oligarxlarning muzlatilgan aktivlarini sotishga ruxsat beruvchi, Tik-Tik'ni sotishga majburlovchi hamda Rossiya, Xitoy va Eronga nisbatan kuchliroq sanksiyalar joriy etish imkonini beruvchi qonun loyihalari bo‘yicha ham ovoz berish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Vakillar palatasi rahbari Mayk Jonson kongressmenlarga ushbu qonun loyihalarini ko‘rib chiqish uchun 72 soat vaqt berayotganini ma’lum qilgan.

Manbalarning xabar berishicha, Ukrainaga yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasida AQSh prezidenti Kiyev bilan Ukrainaga iqtisodiy yordamni qoplash bo‘yicha kelishib olishi kerakligi ham nazarda tutilgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Ukrainaga ko‘rsatilgan qarz ko‘rinishidagi yordamning 50 foizigacha bo‘lgan qismini hisobdan chiqarishga haqli bo‘ladi, lekin buni 2024 yil 15 noyabrdan oldin amalga oshirib bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!