O‘h-ho‘! Rossiyada yil boshidan buyon qancha inson jinoyatlar qurboni bo‘lgani aytildi

O‘h-ho‘! Rossiyada yil boshidan buyon qancha inson jinoyatlar qurboni bo‘lgani aytildi

Rossiyada 2020 yil yanvaridan oktyabrigacha bo‘lgan davrda 19,1 mingga yaqin odam jinoyatlar natijasida vafot etdi, deb xabar berdi TASS Rossiya IIVga tayanib.

Aniqlik kiritilishicha, bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 5,8 foizga kamdir.

“2019 yilning shu davriga nisbatan 6 foizga past natijani ko‘rsatgan holda 30,1 ming kishining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilgan”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabar berilishicha, Rossiyada 2020 yil yanvaridan oktyabrigacha sodir etilgan jinoyatlar natijasida yetkazilgan zarar 435 milliard rubldan oshgan va 2019 yilga nisbatan 17 foizga kam natijani tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!