Uch nafar o‘spirin AQSh prezidenti qarorgohiga bostirib kirdi

Uch nafar o‘spirin AQSh prezidenti qarorgohiga bostirib kirdi

Uch nafar o‘spirin AQSh prezidenti Donald Trampning qarorgohiga bostirib kirishdi. Bu haqda Miami Herald xabar berdi.

Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yashirinib yurgan 15 yoshli o‘spirinlar devordan ko‘tarilishgan va tasodifan Florida shtatidagi Mar-a-Lago nomli davlat rahbarining qarorgohiga tushishgan. Devordan tushayotgan paytda qurollangan avtomat solingan ryukzakni tashlab yuborishgan.

Mahalliy polisiya vakilining ta’kidlashicha, o‘spirinlarning omadi kelgan, chunki bu paytda qarorgohda Tramp ham, uning oila a’zolari ham bo‘lishmagan, aks holda AQSh Maxfiy xizmati darhol o‘spirinlarni o‘qqa tutardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!