Turkmanistonda o‘zbekistonlik erkak falokatga yo‘liqdi

Turkmanistonda o‘zbekistonlik erkak falokatga yo‘liqdi

Turkmanistonda 25 iyun kuni himoyalanmagan temir yo‘l o‘tish joyida yuk avtomobili poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi R.A. jarohatlangan. U Ahal viloyati Bozmeyin shifoxonasiga joylashtirilgan.

Tashqi ishlar vaziriligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Hozirgi paytda hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlash hamda jarohatlangan hamyurtimizga zarur gumanitar va konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun elchixona xodimlarini kasalxonaga yuborishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!