Turkmanistonda o‘qituvchilar darsni Serdar Berdimuhamedovning "hayot yo‘li" va “yutuqlari” bilan boshlamoqda

Turkmanistonda o‘qituvchilar darsni Serdar Berdimuhamedovning "hayot yo‘li" va “yutuqlari” bilan boshlamoqda

Turkmanistonda o‘qituvchilar dars davomida o‘quvchilarga prezident o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov(Turkmaniston Prezidentligiga nomzod)ning «hayot yo‘li» va “yutug‘lari” haqida gapirib berishmoqda.

Bu haqda 12 fevral kuni tuman ta’lim bo‘limlariga chaqirilgan umumta’lim maktablari direktorlariga ma’lum qilingan.

O‘qituvchilarga 14 fevral, dushanba kuni birinchi darsni Gurbanguli Berdimuhamedovning «yaxshi ishlari va erishgan yutuqlari», shuningdek, bolalar undan minnatdor bo‘lishi kerakligi haqidagi hikoyadan boshlash topshirilgan.

Undan keyin esa o‘quvchilarga Serdar Berdimuhamedov haqida gapirib berishlari kerak bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!